
«Yuventus», «Arsenal» va «Atletiko» Forsberg uchun kurash olib bormoqda
“RB Leyptsig” klubi hujumkor yarim himoyachisi Emil Forsberg Evropaning bir qator top klublari qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda.
Expressen nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli shvetsiyalik futbolchi uchun “Yuventus”, “Arsenal” va “Atletiko” klublari kurash olib bormoqda. Futbolchining agenti ham ushbu jamoalar vakillari bilan muzokaralarni olib bormoqda.
Ammo, “Leyptsig” ham o‘z navbatida tajribali futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas. Uning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Lekin, qaysidir jamoa Forsberg uchun 54 mln evro taklif qilsa, “Leyptsig” ushbu taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.
Fikrlar