"Yuventus" Marselo uchun "Real"ga 45 mln evro taklif qilmoqchi

  • 02.02.2019 11:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning “Yuventus” klubi hamon “Real” himoyachisi Marseloni sotib olish fikridan qaytmayapti.

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” 30 yoshli braziliyalik futbolchi uchun “qirollik klubi”ga 45 mln evro to‘lashga tayyor. Uning o‘ziga esa yiliga 12 mln evro maosh va’da qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Marselo joriy mavsum “Real” safida jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!