“Yuventus” Pyanichni transferga qo‘yishi mumkin
Turinning “Yuventus” klubi o‘zining etakchi yarim himoyachilaridan biri hisoblangan Miralem Pyanichni sotuvga qo‘yishi mumkin. Bu haqda italiyalik mashhur jurnalist Janluki Di Martsio xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “keksa sinora” dastlab 28 yoshli bosniyalik futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni xohlagan, biroq, Pyanichning moliyaviy talablari “Yuventus” rahbariyatiga yoqmagan. Shu bois futbolchi yangi mavsumni boshqa jamoa safida boshlashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Pyanichga “Barselona” hamda “Real” kabi grand klublar jiddiy qiziqish bildirishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar