
“Yuventus”da yirik g‘alaba, Ronaldu yana gol urdi (Video)
Italiya chempionati 24-tur uchrashuvlariga start berildi.
Turning ilk o‘yinida “Yuventus” o‘z maydonida “Frozinone” futbolchilarini qabul qildi. “Alyants” maydonida kechgan bellashuvda turinliklar 3:0 hisobida zafar quchdi.
Gollarga Paulo Dibala, Lenardo Bonuchchi va Krishtianu Ronaldu mualliflik qilishdi. 34 yoshli forvard A Seriyada to‘purarlar ro‘yxatini hamon boshqarmoqda.
Fikrlar