
"Yuventus"ning yozgi transferlardagi ilk xaridi kim bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Turinnig "Yuventus" klubi "Jenoa" himoyachisi Kristian Romeroning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “keksa sinora” 20 yoshli argentinalik futbolchi uchun genuyaliklarga 30 mln evro beradi. Tez orada tomonlar shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Romero “Jenoa” safiga o‘tgan yoz “Belgrano” klubidan 1,65 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum genuyaliklar safida jami 16ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar