Yuz ming dollarlik turnirda Nigina shov-shuvli g‘alaba qozondi
Birlashgan Arab Amirliklarida tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSh dollari bo‘lgan xalqaro turnirda Nigina Abduraimova kuchli raqibni engishga muvaffaq bo‘ldi.
Iste’dodli tennischimiz birinchi davra uchrashuvini to‘rtinchi raqamda saralangan lyuksemburglik Mendi Minellaga qarshi o‘tkazdi. Taniqli raqibiga qarshi shiddatli o‘yin ko‘rsatgan o‘zbekistonlik raketka ustasi birinchi setni 6:1 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
Lyuksemburglik tennischi mag‘lubiyatdan qutilib qolish uchun ikkinchi setda Niginaga jiddiy qarshilik ko‘rsata boshladi. Biroq, hamyurtimiz ustunlikni saqlab qolib, ikkinchi setni 7:5 hisobida o‘z foydasiga hal qildi va keyingi bosqichga chiqdi.

Fikrlar