Zlatan Ibragimovich fevral oyida tengsiz bo‘ldi

  • 4 mart, 2017, 10:05
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich klub muxlislari tomonidan fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

“Qizil iblislar” rasmiy saytida bo‘lib o‘tgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, shvetsiyalik forvardga 79% respondent ovoz berdi va Genrix Mxitaryan hamda Pol Pogbadan o‘zib ketdi.

Fevral oyida Zlatan 7 o‘yinda 7 ta gol urdi. Uning “Sautgempton” darvozasiga kiritgan dubli “MYu”ga Angliya Liga Kubogini olib keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!