A Seriya grandlari "Sevilya" hujumchisi uchun kurash olib borishmoqda

  • 25.07.2019 12:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Sevilya" klubi forvardi Vissam Ben-Yedder joriy yozgi transferlar davrida Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Berilgan xabarlarga qaraganda 28 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Roma", "Milan" va "Napoli" klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Ta’kidlash kerakki, uning ayni damdagi transfer narxi 40 mln evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Ben-Yedder o‘tgan mavsum “Sevilya” safida jami 54ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 30ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning andalusiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!