
A Seriya. "Inter" hamda "Bolonya" uchrashuvida "Milan" g‘alaba qozondi (turnir jadvali)
A Seriya 20-turidan o‘rin olgan qoldirilgan "Bolonya" - "Inter" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 3-daqiqada Perishich hisobni ochdi. 28-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Arnautovich muvozanatni tikladi. 81-daqiqada Sansone jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, "neradzurrilar" hisobidagi 72 ochko o‘zgarmay qoldi. 42 ochkosi bor "Bololnya" 13-pog‘onadan joy olgan.
Qayd etish lozim, ayni vaqtda "Milan" 74 ochko bilan Italiya chempionati peshqadami bo‘lib turibdi.
Fikrlar