A Seriya. "Inter" ishonchli hisobda "Latsio"ni engib, birinchi o‘ringa qaytdi
Muhammadqodir Ruzmatov
Uchrashuv yakunlandi
A Seriyaning 11-turidan o‘rin olgan bahsda "Inter" o‘z maydonida "Latsio"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Lautaro Martines hisobni ochdi. 62-daqiqada esa Bonni raqib darvozasini ishg‘ol etib, farqni ikkitaga oshirdi. Bahs davomida boshqa gol urilmadi.
Shu tariqa, "neradzurilar"ning ochkolari 24 taga etdi va jamoa turnir jadvalida birinchi o‘ringa qaytdi.

Izohlar (0)