A Seriya. "Inter" Milanda "Jenoa"ni mag‘lub etdi
Bilolbek Imomov
Uchrashuv oʻz nihoyasiga yetdi
"Inter" A Seriyaning 27-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Jenoa"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
31-daqiqada hisobni milanliklar himoyachisi Federico Dimarko ochdi – uzatmani Genrix Mxitaryan berdi. 70-daqiqada Hakan Chalxanog‘lu penaltiidan gol urdi va hisobni ikkiga yetkazdi.
Shu natijadan so‘ng "Inter" jadvalda yetakchi bo‘lib turibdi – "Milan"dan 13 ochko ustun, g‘oyoki ularning uchrashuvi hali o‘tkazilmagan.

Izohlar (0)