A Seriya. "Inter" muddatidan oldin Italiya chempioniga aylandi!
A Seriyaning 35-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Inter" o‘z maydonida "Parma"ni qabul qildi va 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.
Birinchi bo‘limning 45+1-daqiqasida Markus Tyuram hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa Genrix Mxitaryan jamoaning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Ushbu g‘alaba milanliklarga mavsum yakuniga yetmasdan turib A Seriya chempionligini kafolatladi. "Neradzurri"lar 35 o‘yinda 82 ochko to‘plab, turnir jadvalida peshqadamlikni egalab turibdi. Ikkinchi o‘rindagi "Napoli" bilan farq 12 ochkoga teng.
- Italiya - Seriya A
- Muntazam mavsum
Inter
- Marcus Thuram 45'
- Henrikh Mkhitaryan 80'
Tugadi
2
:
0
03.05.2026 23:45

Fikrlar