
A Seriya. "Inter" "Sassuolo" ustidan zafar quchdi
A Seriyaning 35-turida "Inter" Sassuolo"ni o‘z maydonida qabul qilib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda Lukaku dubl qildi. Bundan tashqari, Martines ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Tressoldi avtagol urib qo‘ydi. Mehmonlardan Enrike va Frattesi javob gollarini urdi.
Shu tariqa, "Inter" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, 3-o‘ringa chiqib oldi. "Sassuolo" esa 13-o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar