
A Seriya. "Inter" va "Bolonya" o‘rtasidagi uchrashuvda naq 7 ta gol kiritildi
Italiya A Seriyasi 14-turi doirasidagi "Inter" - "Bolonya" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda maydon egalari yirik 6:1 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.
"Neradzurrilar"ning gollariga Federiko Dimarko (dubl), Eden Jeko, Lautaro Martines, Robin Gosens va Hoqon Chalg‘ono‘g‘lu kabi futbolchilar mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona to‘pi esa Xaralambos Likoyannis nomiga yozildi.
Shu tariqa, "Inter" hisobidagi ochkolari sonini 27 taga etakazib oldi va turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Bolonya" esa 16 ochko bilan 13-pog‘onada qoldi.
Fikrlar