
A Seriya. "Milan" "Yuventus"ni taslim qilib, ChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
A Seriyaning 37-turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Milan" bahsi milanliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yindagi yagona gol muallifi - Jiru. Hujumchi 40-daqiqada boshi bilan darvozaga to‘pni joylab qo‘ydi va jamoasiga g‘alab taqdim qildi.
Shu tariqa, "Milan" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvlida 4-o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi va kelasi mavsumni Chempionlar ligasida o‘tkazadigan bo‘ldi. "Yuventus" esa 7-pog‘onada qolib ketdi.
Fikrlar