A Seriya. "Napoli" ketma-ket 3-o‘yinda ham durang o‘ynadi
Italiya A Seriyasining 20-turida Antonio Konte boshqaruvidagi "Napoli" o‘z uyida "Parma"ni qabul qilib, 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Bundan tashqari, neapolliklar so‘nggi ikki turda "Verona" hamda "Inter" bilan 2:2 hisobida duranglar o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, onlayn turnir jadvalidа jamoa 40 ochko to‘plagan holda, "Yuventus"ni (39) quvib o‘tdi va uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Fikrlar