A Seriya uchrashuvi nega dekabrga ko‘chirildi?
Italiya A Seriyasining 7-turidan o‘rin olgan “Breshiya” hamda “Sassuolo” jamolari bahsi boshqa sanaga qoldirildi.
Bunga sabab “Sassuolo” xo‘jayini Jorjo Skuintsi kecha og‘ir hastalikdan so‘ng 76 yoshida vafot etdi.
Berilgan xabarlarga ko‘ra “Breshiya” hamda “Sassuolo” jamoalari o‘rtasidagi qoldirilgan uchrashuv 18 dekabr kuni o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Skuintsi “Sassuolo”ga 2002 yildan buyon xo‘jayinlik qilib kelayotgan edi. Jamoa uning qo‘l ostida S seriyadan A Seriyagacha ko‘tarildi va xatto Evropa ligasida ishtirok etdi.

Fikrlar