
A Seriya. "Yuventus" ishonchli tarzda g‘alaba qozondi
A Seriya 30-turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Salernitana" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Turninliklar safida Vlaxovich hamda Dibala gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, "keksa sinora" ochkolari sonini 59 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular A Seriya turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. 16 ochkosi bor "Salernitana" so‘nggi pog‘onani band etgan.
Fikrlar