A Seriya. "Yuventus" safarda raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi

  • 23.08.2022 02:16
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

A Seriya 2-turidan o‘rin olgan "Sampdoriya" - "Yuventus" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Bellashuv teng kurashlarga boy o‘tdi. Xususan, har ikkala jamoa darvoza tomon 10 tadan zarba yo‘lladi. Biroq har ikkala klub ham gol urishning uddasidan chiqmadi. 

Shu tariqa, turinliklar ochkolari sonini 4 taga etkazib oldi. "Sampdoriya" hisobida hozircha 1 ochko mavjud. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!