A Seriyada chempionlikni "Atalanta"ga berishadimi?
Dunyoga mashhur Change.org petitsiya saytida bu mavsum A Seriya chempionligini “Atalanta” klubiga berish bo‘yicha petitsiya joylashtirildi.
Gap shundaki, Bergamo koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan Italiyadagi shahar hisoblanadi. Hozirgacha mamlakatda 15 mingdan ortiq odam koronavirusdan vafot etdi. Qurbonlarning 9 mingga yaqini Lombardiya xududiga to‘g‘ri keladi. Bergamo esa ushbu xududda joylashgan axolisi 120 ming nafar bo‘lgan shahardir. Bu shaharda virus qurbonlari 5 mingdan ortdi. Shahar krematoriyasi bunchalik ko‘p o‘likni sig‘dira olmayapti va natijada jasadlar boshqa shaharlardagi krematoriyalarga yuborilmoqda.
“Atalanta” deyarli Chempionlar ligasining 1/4 finaliga chiqib bo‘ldi. A Seriyada esa 4-o‘rinda ketmoqda. Bu jamoaga so‘nggi ikki yilda sportda ko‘rsatgan muvaffaqiyatlari hamda Bergamoda koronavirusdan vafot etganlar sharafiga Skudettoni berishni taklif qilishmoqda.

Fikrlar