A Seriyada navbatdagi iste’fo yuz berdi

  • 01.11.2019 20:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Udineze" klubi rahbariyati qayd etilayotgan qoniqarsiz natijalar sabab jamoa bosh murabbiyi Igor Tudorni iste’foga chiqardi.

Ta’kidlash kerakki, jamoa o‘tkazilgan so‘nggi 2 ta o‘yinda "Atalanta" (1:7) va "Roma"ga (0:4) yirik hisoblarda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Ayni damda Luka Gotti bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Udineze" bosh murabbiylik lavozimiga Massimo Karrera, Jennaro Gattuzo, Franchesko Gvidolin, Stefano Kolantuono va Paskuale Marino kabi mutaxassislar nomzodini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, “Udineze” A Seriyaning ortda qolgan 10 ta turidan so‘ng 10 ochko bilan 14-pog‘onasida bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!