A Seriyaning yangi mavsumi boshqacha formatda o‘tkazilishi mumkin
Italiya futbol federatsiyasi rahbari Gabriele Gravinaning so‘zlariga ko‘ra, A Seriyaning yangi mavsumi yangi formatda o‘tkazilishi mumkin.
“Agar turnir 12 sentyabrda boshlansa, mavsumni o‘z vaqtida yakunlash uchun qishgi tanaffus paytida ba’zi sanalarni kechiktirishga to‘g‘ri keladi. A Seriya odatiy formatda boshlanishiga umid qilaman, ammo boshqa variantlar ham chiqarib tashlanmaydi.
B rejasi - pley-off va pley-aut. Bu ham sport printsipini kafolatlaydigan tezlashtirilgan format”, - deydi Gravina.

Fikrlar