A Seriyaning yangi mavsumida stadionlarga muxlislar kiritiladimi?
Italiya hukumati yangi mavsumda stadion sig‘imining 50 foizi miqdorida muxlislarni kiritishga ruxsat berdi.
Football Italia xabariga ko‘ra, stadionga kirish huquqi faqat koronavirusga qarshi ikki marta emlanganlar uchun beriladigan elektron "Green Pass" sertifikatiga ega bo‘lgan muxlislargagina beriladi.
Bundan tashqari, yaqin bir necha oy ichida koronavirusga chalingan va koronavirusga qarshi manfiy test natijasiga ega bo‘lgan muxlislarning ham stadionga kirishlariga ruxsat beriladi.
Eslatib o‘tamiz, A Seriyaning yangi mavsumi 21 avgustda boshlanadi.

Fikrlar