A Seriyasining ikki yetakchi klubi "Borussiya" hujumchisini nishonga oldi

  • 11.09.2026 14:08
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Samuele Inasio faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Nikolo Skira xabar berdi.

 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 18 yoshli forvardga «Inter» va «Yuventus» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ushbu jamoalar yozgi transfer oynasi davomidayoq Inasioni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rgangan va hozir ham uni kuzatishda davom etmoqda.

 

Joriy mavsumda Inasio barcha musobaqalar doirasida uchta o‘yinda maydonga tushib, ikki bor gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Hujumchining «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining bozor qiymatini 15 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!