A Seriyasining ikki yetakchi klubi Shveytsariya terma jamoasi hujumchisini olishni istamoqda
«Renn» va Shveytsariya terma jamoasi hujumchisi Brel Embolo yozgi transfer oynasida jamoasini almashtirishi va Italiya A seriyasiga yo‘l olishi mumkin.
Insayder Ben Jeykobs ma’lumotlariga ko‘ra, 29 yoshli shveytsariyalik futbolchiga «Napoli» va «Milan» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ikkala klub ham hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi futbolchi izlamoqda. «Renn» rahbariyati Emboloni sotish orqali taxminan 15 million yevro ishlab olishni rejalashtirgan. Eslatib o‘tamiz, Brel Embolo shu paytgacha «Monako», «Shalke», Menxengladbaxning «Borussiya»si va «Bazel» tarkibida ham o‘ynagan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Embolo Fransiya chempionatida «Renn» safida 31 ta o‘yin o‘tkazdi. Hujumchi hisobida sakkizta gol va uchta golli pas mavjud.

Fikrlar