
Abbosbek Fayzullaev: Maqsadim - "Barselona"da o‘ynash, lekin "Real"dan taklif tushsa...
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning TsSKA klubi hujumkor yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev PulNews YouTube kanaliga bergan intervyusida yoqtirgan futbolchisi va klubi haqidagi savolga javob berdi.
-Messi yoki Ronaldu?
-O‘yin jihatidan Messi, xarakter jihatidan Ronaldu ko‘proq yoqadi.
-“Barselona” yoki “Real”?
-“Barselona”. Chunki bu jamoaning o‘yinlarini ko‘p ko‘rganman.
-Markaziy Osiyodagi eng qimmat futbolchisiz. Qaysi jamoada to‘p surishni orzu qilasiz?
-Maqsadim, Evropaning kuchli beshlik chempionatlaridan birida top jamoada o‘ynash. Asosiy maqsadim “Barselona”da to‘p tepish. Agar “Real”dan taklif tushsa, albatta o‘tardim (kuladi).
Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli hujumkor futbolchimizning ayni damdagi transfer narxi 6 million evroni tashkil qilmoqda. Shu tariqa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullaev birinchi marotaba Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisiga aylandi.
Fikrlar