
Abdulmanap Nurmagomedov Xabibning dopingi haqida aytib o‘tdi
UFC engil vazn chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov jangchining doppingi haqida aytib o‘tdi.
- Xabibning doppingi o‘zgacha, manti, go‘sht, ikra, asal va qora ikra. Bu borada biz sog‘lam ovqatlanishga katta e’tibor qaratamiz.
Spirtli ichimliklar? Oilamizda hech qachon bunday ichimliklar iste’mol qilinmagan, - dedi Abdulmanap Nurmagomedov Octagon TV telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Xabib Nurmagomedov joriy yilning 7 sentyabr kuni Abu-Dabida tashkillashtirilayotgan UFC 242 turnirida ishtirok etadi.
Fikrlar