Abdumalik Xalakov Osiyo chempionatida ilk jangini o‘tkazdi
Xabaringiz bor, Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi. Bugungi kun dasturidan ikki nafar vakilimizning jangi o‘rin olgan va uning dastlabkisida - 57 kg vazn toifasida Abdumalik Xalakov tailandlik Saravut Suktetga qarshi ringga ko‘tarildi.
Shiddatli va qiyin kechgan bahsda hamyurtimiz 3:2 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi. Endi, u keyingi bosqichda iroqlik Muhammad Anvar Jasim bilan to‘qnash keladi.
Oldinda bizni yana bir vakilimiz Ruslan Abdullaevning jangi kutib turibdi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar