Asosiy mazmunga oʻtish

Abdumalik Xalokov "Eyndxoven kubogi" chempioni!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Hamyurtimiz finalda g‘alaba qozondi.

Niderlandiya davlatida davom etayotgan boks bo‘yicha "Eyndxoven kubogi" bahslarida bugun hal qiluvchi janglar bo‘lib o‘tmoqda. Hamyurtlarimiz 100 foizlik natija bilan ushbu bosqichga etib kelishgan.

-60 kg da bokschimiz Abdumalik Xalokov hakamlarning yakdil qarori bilan angliyalik Jek Dridenni mag‘lub etib, "Eyndxoven" turnirida chempionga aylandi!

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir hamyurtimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev va Qozog‘iston vakili Ablayxan Jussupov to‘qnashuvi kutmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q