
Abdumalik Xalokov texnik nokaut evaziga finalga chiqdi (fotogalereya)
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tadi.
-57 kg vazn toifasida Abdumalik Xalokov Munarbek Seitbek Uulu (Qirg‘iz Respublikasi) bilan ringga ko‘tarildi. Jang birinchi raundda yakunlandi. Abdumalik Xalokov raqibiga zarba bilan jarohat etkazib, muddatidan oldin g‘alabaga erishdi.
Abdumalik Xalokov ketma-ket ikkinchi bor jahon chempionati finaliga chiqdi. Bundan avval Serbiyadagi dunyo birinchiligida ham finalda jang qilgandi.
Quyida uning yarim finaldagi jangidan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.

















Fikrlar
Бирок, хамма боксчиларимиз биз учун кадрли ва чемпионлардир.