
Abduqodir Husanov—eng yaxshi yosh sportchi, Diyora Keldiyorova—eng yaxshi ayol sportchi, Hasanboy Do‘stmatov—eng yaxshi erkak sportchi - Yilning eng yaxshilari taqdirlandi
Poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Milliy sport mukofot-2024” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Dastavval, joriy yil kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarga Prezident qarori asosida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
Yilning eng yaxshi yosh sportchisi: Abduqodir Husanov (futbol)
Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi: Asadbek Toshtemirov (para taekvondo)
Noolimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi terma jamoasi: Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
Sport targ‘iboti yo‘lidagi uzoq yillik xizmatlari uchun: Lola Abduyusupova (“Sport” telekanali rejissyori)
Yilning eng faol sport targ‘ibotchisi: Nodir To‘ychiev
Yilning eng yaxshi sport fotomuxbiri: Almurat Mamadaminov (O‘zA)
Yilning eng yaxshi sport jurnalisti: Marina Yakubova (“Sport” telekanali muxbiri)
Yilning eng yaxshi sport shifokori: Diana Sattarova (Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi)
Yilning eng yaxshi hakami: Zuhra Abdullaeva (og‘ir atletika)
Yuksalayotgan federatsiya: O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi
Yilning eng yaxshi sport tadbiri tashkilotchisi: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi
Yilning eng yaxshi sport federatsiyasi: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi
Yilning eng yaxshi para terma jamoasi: Para engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi: Yahyo Yakubov
Yilning eng yaxshi murabbiyi: To‘lqin Qilichev
Muxlislar mehrini qozongan sportchi: Sitora Turdibekova (boks)
Muxlislar mehrini qozongan para sportchi: Ro‘za Qo‘zieva (para pauerlifting)
Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Nurxon Qurbonova (para engil atletika)
Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Diyora Keldiyorova (dzyudo)
Yil kashfiyoti: Razambek Jamalov (erkin kurash)
Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Husniddin Norbekov (para engil atletika)
Yilning eng yaxshi erkak sportchisi: Hasanboy Do‘smatov (boks)
Fikrlar