Asosiy mazmunga oʻtish

Abduqodir Husanov: "Bu o‘zbek futboli uchun tarixiy natijadir"

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 1

Husanov muxlislarga murojat qildi

Frantsiyaning O‘zbekistondagielchixonasi Abduqodir Husanov ishtirokidagi videoni e’lon qildi.

"Hammaga salom. Men Abduqodir Husanov. Futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi va "Lans" futbol klubining markaziy himoyachisiman. Termamiz bu yil Parijda bo‘lib o‘tadigan olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritganini g‘urur bilan e’lon qilaman.

Bu o‘zbek futboli uchun tarixiydir. Men jamoamizning har bir a’zosiga, murabbiylar shtabiga, muxlislarimizga va ushbu muvaffaqiyatga hissa qo‘shgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Olimpiya o‘yinlari sport yuksakligi, rang-baranglik va xalqalar o‘rtasidagi do‘stlik bayramidir. Ushbu nufuzli tadbirda o‘z mamlakatim nomidan qatnashish  katta sharafdir. Maydonda bor kuchimni berishga harakat qilaman. Frantsiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga, o‘zbek sporti va sportchilariga ko‘rsatayotgan ko‘magi uchun minnatdorchilik bildiraman. 

Barchangizni "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlarida bizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman", - dedi Husanov.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q