Abduqodir Husanov: "Gvardioladan juda minnatdorman, u men bilan alohida ishlayapti"
O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola haqida iliq fikr bildirdi.
Futbolchining aytishicha, ispaniyalik mutaxassis u bilan individual tarzda ko‘p ishlamoqda va o‘yinning har bir jihatini batafsil tushuntirib beryapti.
"Pepdan juda minnatdorman. U men bilan alohida juda ko‘p vaqt sarfladi, o‘yinning har bir detalini tushuntirib berdi.
Biz qadamma-qadam ishlayapmiz — u meni shoshiltirmayapti va menga vaqt kerakligini yaxshi tushunadi", — dedi Abduqodir Husanov.
Bu fikrlardan ko‘rinib turibdiki, Gvardiola yosh himoyachini bosqichma-bosqich asosiy tarkibga tayyorlashni rejalashtirgan. Husanov uchun bunday yondashuv uning rivojlanishi va Evropadagi faoliyati uchun juda muhim ahamiyatga ega.
Fikrlar