Abduqodir Husanovning navbatdagi o‘yini necha ballga loyiq ko‘rildi?

  • 26 noyabr, 03:45
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Chempionlar ligasining 5-turida Xosep Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti" "Etihad"da Bundesliganing "Bayer" klubini qabul qilib, 2:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Mazkur uchrashuvni O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda boshladi va 65-daqiqada almashtirildi. Uning ushbu o‘yindagi harakatlari uchun turli xil portallar jamoadoshlariga nisbatan yuqori ball berdi. 

Tecno

"Fotmob" vakilimizni 7.0 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Husanovga 6.7 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur nashrlardan biri hisoblangan "Flashscore" sayti esa hamyurtimizga 7.4 ball berdi.

Bayer Leverkusen's Alex Grimaldo is tackled by Manchester City's Abdukodir Khusanov during the UEFA Champions League 2025/26 League Phase MD5 match...

Ma’lumot o‘rnida, bu ballar Sitining qolgan futbolchilariga qaraganda yuqori hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" navbatdagi uchrashuvini 29 noyabr kuni "Lids"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!