Abduqodirning o‘yini nechi ballga loyiq ko‘rildi?

  • 10.08.2025 03:43
  • Bilolbek Imomov
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" mavsumoldi tayyorgarlik bahsida "Palermo" bilan kuch sinashdi va 3:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.

Ushbu bellashuvda hamyurtimiz Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushgan holda, 45 daqiqa harakat qildi. Uning bir bo‘limdagi harakatlarini esa bir necha mashhur portallar turlicha baholadi. 
 
"Fotmob" vakilimizni 6.7 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Husanovga 6.9 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur nashrlardan biri hisoblangan "Flashscore" sayti esa hamyurtimizga 7.3 ball berdi. 
 
Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiola boshqaruvidagi "shaharliklar" Angliya Premer-ligasining yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini 16 avgust kuni "Vulverxempton"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдилхамит
10/08/2025 18:00
Шу Абдикодирни бир муддат тинч куйинглар барака топкурлар.
&
Адхамжон Низомов
10/08/2025 04:05
Яхши,буларкану.