Abel Sanches: Alvares Kovalyovning tanasini teshib tashlaydi

  • 25 sentabr, 2019, 01:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Avvalroq Gennadiy Golovkin bilan birga ishlagan. Hozirda, Murat Gassiev bilan hamkorlik qiladigan taniqli meksikalik murabbiy Abel Sanches, o‘rta vazn toifasida jahon chempioni Saul Alvares va yarimog‘ir vazndagi jahon chempioni Sergey Kovalyov o‘rtasidagi jang borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, "Kanelo" rossiyalik bokschini muddatidan oldin mag‘lub etadi.

"Alvares Kovalyovni ettinchi va to‘qqizinchi raundlar oralig‘ida to‘xtatadi. U buni tanaga urish orqali amalga oshiradi. Saul mukammal zarbasini bergunga qadar Kovalyovning tanasini teshib tashlaydi”, - deya Sanchesning so‘zlaridan iqtibos keltiradi BoxingScene.

Eslatib o‘tamiz, Saul Alvares va Sergey Kovalyov o‘rtasidagi jang 2 noyabr kuni Las-Vegasda (AQSh, Nevada) bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!