Abramov "Dinamo"ning kichik hisobdagi g‘alabasidan so‘ng nima deydi?

  • 10.09.2023 23:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Pro liga 17-turidan o‘rin olgan "Aral" – "Dinamo" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov uchrashuv haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

- O‘yin va raqib jamoa haqida fikrlaringiz qanday?

- "Aral" yaxshi jamoa. O‘z uyida bekorga bunday yaxshi o‘yin ko‘rsatishmayapti. Bugun omadimiz keldi. Kerakli vaqtda gol urib oldik. Bizda bir necha vaziyatlar bo‘ldi. To‘p esa shunchaki darvozaga kirishni istamadi. Umuman olganda, haqli g‘alabaga erishdik, deb o‘ylayman. "Aral" jamoasi esa menda juda yaxshi taassurot qoldirdi.

- "Dinamo"  Pro ligada mag‘lubiyatsiz ketmoqda. Biroq bu o‘yinga qadar uchinchi o‘rinda edi. Bunga qanday fikrdasiz?

- Men bilan ko‘pincha shunday bo‘lgan. Albatta, g‘alati. Osiyo Kubogida ham shunga o‘xshash holat bo‘lgandi. Bu meni xayron qoldirmayapti. Afsuski, mag‘lubiyatsiz ketayotgan bo‘lsak ham birinchi o‘rinda bormayotgandik. Bugungi g‘alabadan keyin birinchi o‘ringa ko‘tarilamiz. Hammasi yaxshi davom etsa, o‘zimizga kerakli natijaga erishamiz.

“Dinamo” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!