Asosiy mazmunga oʻtish

Abramov yirik hisobdagi g‘alabadan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi

Javokhir Azimov
Izohlar: 8

Terma jamoamiz bosh murabbiyining o‘yin haqida fikrlari.

Jahon Chempionati 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Singapur terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga etdi. Unda futbolchilarimiz 5:0 hisobida zafar quchdi.

O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida milliy jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Birinchi navbatda yigitlarni g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Ular oson bo‘lmagan o‘yinda g‘alaba qozondi. Albatta, hisob bizni xursand qiladi, biroq sariq kartochkalar soni biroz ko‘payib ketgani xavotirli holat",-deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi Vadim Karlenovich.

Ma’lumot uchun, "oq bo‘rilar" keyingi bellashuvni 11 iyun kuni Yamanga qarshi o‘tkazadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q