Abramovich Tuxelga og‘ir shart qo‘ydi

  • 3 fevral, 2021, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati yangi bosh murabbiy Tomas Tuxel uzoq muddatli yangi shartnomaga ega bo‘lish uchun ayrim shartlarni bajarishiga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.

Tecno

Ayni paytda germaniyalik mutaxassis klub bilan 18 oylik bitimga ega. Bu klub avvalgi murabbiylar bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani bois 110 million funtni kompensatsiyalarga sarf qilgani bilan bog‘liq.

“Chelsi” rahbariyati o‘tgan xatolardan xulosa chiqargan holda, Tuxel bilan qisqa muddatli shartnoma imzoladi. Bosh murabbiy lavozimida uzoq muddat qolishi uchun esa, jamoa ketma-ket ikki marta Chempionlar ligasining guruh bahslariga yo‘llanma olishi kerak bo‘ladi.

Agar “Chelsi” joriy chempionat va keyingi mavsumda Angliya premer-ligasida kuchli to‘rtlikka kira olsa, Tomas Tuxelga yaxshilangan uzoq muddatli shartnoma taqdim qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!