
Abramovning nolalari etib bordi yoxud "Bunyodkor" jamoasi oylik olishni boshladi
Bir necha kun avval "Bunyodkor" klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov intervyuda futbolchilar maosh olmayotgani borasida gapirgandi. Abramovning nolalari etib borgan ko‘rinadi, jamoa oylik olishni boshladi. Bu haqda PFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.
Vadim Abramov: Futbolchilar oilasini qanday boqishni bilmayapti. Uch oydan buyon maosh yo‘q. Bizga har safar «ertaga, indinga» deyishdan naryoqqa o‘tilmayapti
- Kecha Bunyodkor futbol klubi ishchi-xodimlari uchun bayram bo‘ldi — ular yanvar oyi uchun maoshlarini olishdi. Bunda davlat aktivlarini boshqarish agentligining xizmati katta bo‘ldi, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.
Fikrlar