Abror Pirriev: "Bugun Behruz Karimovda operatsiya muolajasi o‘tkazildi. Futbolchi 1 oyga safdan chiqdi".

  • 15.04.2026 17:31
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

O‘FA Tibbiy Qo‘mita raisi, O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi, "Lokomotiv" PFK bosh shifokori Abror Muhammadovich Pirriev "Surxon" hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Behruz Karimovning jarohati va qachon qaytishi haqida o‘zining telegram kanalida ma’lumot berdi. 

"JCH final bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan MTJning har bir a’zosi O‘FA, murabbiylar va tibbiy shtabning qat’iy nazorati ostidaligi mutaxassislarga ma’lum. Ayniqsa, MTJning har bir a’zosi sog‘ligi O‘FA tibbiy qo‘mitasi va tibbiy shtab tomonidan sinchkovlik bilan muntazam kuzatib borilmoqda. Bunda jarohat, doping nazorati, ovqatlanish va farmakologiya kabi yo‘nalishlar talaygina.

Kuni-kecha o‘yinda jiddiy jarohat olgan Behruz Karimov masalasi bo‘yicha o‘yinni jonli tomosha qilayotgan mutaxassislar tomonidan tezkor harakatlar boshlandi. Futbolchi zarur tekshiruvlardan o‘tkazildi va unda: O‘ng oyoq panja (plyusnevoy) suyagi sinishi tashxisi tasdiqlandi. Tibbiy qo‘mita va Alisher Aripov boshliq tibbiy shtab chet el va mahalliy sport shifokorlari bilan jonli tarzda maslahatlashib, tezroq safga qaytish va jarohatning qaytalanmasligi uchun futbolchida operatsiya muolajasi o‘tkazilishini lozim topdi. Bugun Behruzda operatsiya muolajasi o‘tkazildi. Rejaga ko‘ra futbolchi 1 oydan so‘ng safga qaytadi.

Behruzni tezroq sog‘ayib ketishini tilab qolamiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!