Adeyemiga APLning grand klubidan xaridor chiqdi

  • 28 fevral, 19:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi “Borussiya Dortmund” hujumchisi Karim Adeyemi uchun kurashga kirdi. 
 
Entso Mareska so‘nggi kunlarda hujumdagi futbolchilarning o‘yinidan qoniqish hosil qilmayapti. Shu bois, klub rahbarli ba’zi futbolchilarni yozgi transferlar oynasida sotishi mumkin. Hozirda ushbu ro‘yxatda Mudrik va Sancho asosiy da’vogar hisoblanadi. Agarda qaysidir vinger jamoani tark etadigan bo‘lsa, klub yangi o‘yinchini jamoaga jalb qilishi kerak bo‘ladi. 
 
“CaughtOffside” nashrining yozishicha, bir necha kundan buyon “aristokratlar” dortmundliklar qanot hujumchisi hisoblangan Adeyemeni klubga taklif qilishi mumkin. Manbaga ko‘ra, qaysi jamoa germaniyalik vingerni sotib olmoqchi bo‘lsa, “arilar”ga eng kamida 45 million evro to‘lashi talab qilinadi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 23 yoshli futbolchi joriy mavsum 21 ta bellashuvda ishtirok etib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi esa 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!