
Adolatsizlik ichidan adolat topdik
"Golden Boy" uchun ovoz yig‘ishda dastlab Balde etakchilik qilayotgandi, ammo ma’lum daqiqalar ichida Bellingem oradagi farqni yo‘qqa chiqarib, katta farq bilan oldinga o‘tib ketibdi. Kimdirlar "Real" muxlislari botdan foydalangan demoqda va yana turlicha konspirologik nazariyalar mavjud. Adolatsizlik bo‘lsa bordir.
Ammo adolat shundaki, Jud rostan loyiq bu sovringa. Buni ayrim neytral "Barsa" muxlislari ham tushunib turibdi. Balde o‘tgan mavsumni zo‘r o‘tkazdi va o‘z pozitsiyasi uchun kurashda Albadan ustun keldi. Lekin Bellingemning qilganlari ko‘lami katta. U "Borussiya"da asosiy figura edi. "Real"da ham hozircha shu statusda. Angliya bilan Mundialda zo‘r ishtirok etdi.
Hatto Musiala ham Alexandrodan ustunroq. Uning goli bilan "Bavariya" Bundesligani yutdi. Hujumda tanlovi ko‘p bo‘lgan Myunxen grandining asosiy tarkibiga suqilib kirdi va o‘z o‘rnini hech kimga bermay kelyapti.
Balde himoyachiligi uchun e’tibordan chetda qolib ketyapti deyishingiz mumkin, ammo De Lixt ham bu sovrinni yutgan. U kabi furor ko‘tarmadi Alexandro.
Fikrlar