Adolatsizlik qurboni bo‘lgan Ronaldu Portugaliya termasida o‘ynashdan voz kechdimi?

  • 29.03.2021 15:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol

2022 yilgi jahon chempionatiga chiqish uchun Evropada o‘tkazilayotgan saralash turniri doirasida Serbiya va Portugaliya uchrashuvining oxirida mojaroli vaziyat yuzaga keldi.

O‘yindagi to‘xtatilishlar uchun qo‘shib berilgan daqiqalarda Krishtianu Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘pni jarvoza chizig‘idan himoyachi qaytarib qoldi. Ronaldu gol bo‘lganiga ishonch bilan yon hakamga ishora berdi. Videotakrorlar ham to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tganini ko‘rsatdi.

63752487452774

Jahon chempionatining saralash bahslarida VAR qo‘llanilmayotgani bois, niderlandiyalik bosh hakam Danni Makkeli buni qayta ko‘rib chiqolmadi va golni inobatga olmadi. E’tiroz bildirgan Ronalduga sariq kartochka ko‘rsatildi. Buni adolatsizlik, deb qabul qilgan Krishtianu sardorlik bog‘ichini erga otib, o‘yin tugamay maydonni tark etdi.

Ko‘pchilik buni futbolchi terma jamoada o‘ynashdan bosh tortdi, deb qabul qildi.

2:2 hisobida yakunlangan bahsdan so‘ng, Ronaldu bu vaziyatga quyidagicha izoh berdi.

- Portugaliya milliy terma jamoasining sardori bo‘lish men uchun hayotimdagi eng katta iftixor va imtiyozdir. Men o‘z mamlakatim uchun borimni beraman va bu munosabatim hech qachon o‘zgarmaydi. Lekin murakkab vaziyatlar ham bo‘ladi. Ayniqsa, butun bir millat zarar ko‘rganida chidab bo‘lmaydi.

Endi boshingizni ko‘taring va hozirdanoq yangi chaqiruvlarga tayyor turing. Olg‘a, Portugaliya!, - dedi Krishtianu Ronaldu.

pochemu-arbitr-ne-zaschital-chistyj-gol-ronaldu_1616884793170013483

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush ham bu vaziyat bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Bosh hakam xatosi uchun uzr so‘radi va buning uchun u hurmatga loyiq. Lekin yuqori nufuzli bunday musobaqalarda VAR va golni aniqlaydigan texnologiyalardan foydalanmaslik mumkin emas. Saralash turnirlarida shu tarzda ikkinchi marotaba aziyat chekyapmiz. To‘p darvoza chizig‘idan yarim metrga o‘tib ketdi, darvozabon va darvoza chizig‘i o‘rtasida hech qanday to‘siq yo‘q edi. Gol bo‘lgani aniq ko‘rinib turgandi.

Hakam oldimga kelib kechirim so‘radi, lekin bu muammoni hal qilmaydi. To‘g‘ri, hakamlar ham xato qiladi, chunki ular ham odam, lekin  VAR tizimi shunday xatolarni oldini olish uchun yaratilganku.

Ronalduning ahvolini tushunsa bo‘ladi, so‘nggi daqiqada g‘alaba to‘pini kiritdi, lekin u tan olinmadi. Men uni tanqid qilmayman, - dedi Fernandu Santush.

Ushbu uchrashuvdan so‘ng, har ikki terma jamoa hisobidagi ochkolar soni to‘rttani tashkil qilmoqda. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, Serbiya birinchi pog‘onadan joy oldi, portugaliyaliklar esa ikkinchi o‘rinni band etib turibdi.

Yana bir ahamiyatli jihat shundaki, Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi gollari soni ayni paytda 102 tani tashkil qilmoqda. Jahon futbol jamoatchiligi portugaliyalik yulduz terma jamoada gol urish bo‘yicha eronlik hujumchi Ali Dayining rekordini yangilanishini kutmoqda.

Qit’adoshimiz Eron terma jamoasi safida 149 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 109 marotaba aniq nishonga olgan. Bu futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ham bir necha marta gol urgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
28/03/2021 12:09
VAR Футбол учун адолат учун керак эканлиги яна ўз исботини топибдида.
&
Турсун Ғани
28/03/2021 11:57
Эҳ бечора Роналду сени нечталаб голларингни ҳакамлар ҳисоблашмаган. Зерикма бу кунлар ҳам ўтади. Сен барибир энг зўрисан дунёда
Abbos Axmedov
28/03/2021 11:54
Бечорага росса алам қилди шекили галаба голини урсаю тоза голни хисобламади. Агар бизда шундай бўлса Ўзбекистонда судьяни югуруб учуб хаводан тепиб Оналарини кўрсатворади Фудболчиларимиз шунинг учунам бизни фудболчилар жудаям Хурматка лойиқ Адолат хақийқат тарафдори
Baxil Alihuja
29/03/2021 13:47
Рекорд янгиланиши керак! Али Даи 109та гол ургани унчалик кийин эмас, чунки Осиё жамоалари жуда кучсиз. Роналду Осиё жамоасига карши 1-2 та уйинда рекордни янгилайди.