
Afg‘oniston terma jamoasi Rossiyaga qarshi o‘ynashga tayyor!
Afg‘oniston Jismoniy tarbiya va sport bosh boshqarmasi direktori Ahmadulloh Vosiq mamlakat futbol terma jamoasining Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.
“Albatta. Turli davlatlar bilan o‘yin o‘tkazdik. Masalan, futzalda Ukraina va Argentina bilan o‘ynaganmiz. Katta futbolda - O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Qatar, Eron, Tojikiston va boshqalar bilan o‘yin o‘tkazdik. Biz bu borada Rossiya bilan ham kelisha olishimizga ishonchimiz komil", - dedi Vosiq.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi UEFA va FIFA sanktsiyalari ostida faqat o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishi mumkin. Shu bilan birga, Rossiya futbol ittifoqi uchun terma jamoa o‘yinlariga raqib topish qiyin bo‘lmoqda. Shu bois rossiyaliklar joriy oktyabri oyidagi FIFA kunlarida raqib yo‘qligi uchun o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaza olmadi.
Fikrlar