Afrika Millatlar kubogi. Kamerun kutilmaganda ochko yo‘qotdi
”A” guruhi 3-turidan o‘rin olgan Kabo-Verde - Kamerun uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
O‘yindagi ilk golni 39-daqiqada nominal mehmonlar futbolchisi Vensan Abubakar kiritgan bo‘lsa, u tomonning javob goliga 53-daqiqada Garri Rodriges mualliflik qildi.
Mazkur natijadan so‘ng Kabo-Verde 4 ochko bilan guruhda 3-o‘rinni egalladi va hozircha ularda pley-offga chiqish imkoni bor.
Kamerun esa 7 ochko jamg‘argan holda, guruhni 1-o‘rinda yakunladi. Shu tariqa, ushbu yurt vakillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri pley-offga yo‘l oldi.



Fikrlar