Asosiy mazmunga oʻtish

Afrika Millatlar kubogi. Senegal Sudan­ni mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga yo‘l oldi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Uchrashuv oʻz nihoyasiga yetdi

Afrika Millatlar kubogining ilk uchrashuvida Senegal terma jamoasi Sudan bilan bahs olib borib, 3:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. 
 
Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq Amir Abdalla Yunis Sudanni oldinga olib chiqdi. 29 hamda 45+3-daqiqalarda esa Geye dublni rasmiylashtirgan holda, jamoasining kambekini boshlab berdi. Bundan tashqari, 77-daqiqada Ibraim Mbaye jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Senegal keyingi bosqichda Mali - Tunis terma jamoalari g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q