Afrikalik futbolchilarni mensimay xato qilyapsiz!
Marokash terma jamoasi himoyachisi Ashraf Hakimi jahon futbolida afrikalik o‘yinchilarga etarli darajada e’tibor qaratilmayotganini bildirdi.
- Afrika jamoalarni unchalik qadrlashmaydi, buning sababini bilmayman. Afrikada katta hurmatga loyiq buyuk o‘yinchilar bor.
Ular hozirgi darajasiga etishguncha, juda ko‘p mashaqqatli mehnat qilishiga to‘g‘ri kelgan. Afrika jamoalarning yutuqlarga erishishi meni xursand qiladi, - dedi Ashraf Hakimi.
24 yoshli futbolchining o‘zi Madridda tug‘ilgan. “Real”da tarbiyalangan mohir himoyachi xalqaro maydonda oilasi kelib chiqqan yurt – Marokash sharafini himoya qilishni tanladi.

Fikrlar