Afrikaning eng zo‘r uch futbolchisi bor. Yozda ularning bozori qaynaydi

  • 2 fevral, 2022, 21:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kamerunda davom etayotgan Afrika Millatlar kubogini evropalik skautlar diqqat bilan kuzatib bormoqda. “Qora qit’a” futbolchilari jismoniy quvvati, chaqqonligi, kuchli bardoshi bilan qolganlardan ajralib turadi.

Tecno

Mutaxassislar qit’a miqyosidagi musobaqada grand klublar e’tiboriga tushgan uch futbolchi haqida ma’lumot bermoqda.

Burkina-Faso terma jamoasi markaziy himoyachisi Edmond Tapsoba Bundesliga vakili “Bayer”da to‘p tepmoqda. Joriy mavsumda Germaniya chempionatida to‘qqizta uchrashuvda bitta gol urgan himoyachining transfer summasi 36 million funtga etdi. Hozirning o‘zida 22 yoshli o‘yinchiga  “Chelsi” qiziqyapti.

Nigeriya terma jamoasi hujumkor futbolchisi Samuel Chukvueze to‘rt mavsumdan beri “Vilyarreal”da o‘ynayapti. 22 yoshli yarim himoyachi Ispaniya chempionati, mamlakat kubogi vaUEFA Chempionlar ligasida jami 17 marotaba maydonga tushib, beshta gol va bitta assist qayd etdi. O‘z vaqtida 500 ming evroga olingan futbolchining hozirgi narxi 20 million evroga etdi.

Marokash terma jamoasining 23 yoshli etakchisi Ashraf Hakimi anchadan avval nom qozongan. Kuchli beshlikdan uchtasida turli sovrinlarni qo‘lga kiritgan. “Real” safida Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi, “Borussiya D”da Germaniya kubogi egasi, “Inter”da Italiya chempioni bo‘ldi. O‘tgan yozda PSJga o‘tgan himoyachi bu mavsum Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritishga yaqin. Endi navbat Angliya chempionatiga etgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!