
Afsonaviy bokschi Konstantin Tszyu O‘zbekistonga kelmoqda. U ishtirokida matbuot anjumani ham o‘tkaziladi
Ertaga, yurtimizga o‘z vaqtida ajoyib janglari bilan barchani sevimli bokschisiga aylangan rossiyalik Konstantin Tszyu tashrif buyuradi.
Kostya Tszyu Toshkentda qad rostlagan “Medion” sog‘lomlashtirish kompleksining ochilish marosimiga taklif etilgan.
Mazkur tashrif mobaynida bokschi ishtirokida matbuot anjumani va ochiq mashg‘ulotlar kabi jarayonlar ham bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha Tszyu ishtirokidagi matbuot anjumani ertaga 15:00 da “Medion” sog‘lomlashtirish kompleksining o‘zida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Konstantin Tszyu faoliyati mobaynida 31 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Raqiblarini 25 marotaba nokautga uchratgan holda WBC, WBA va IBF chempionlik kamarlarini ham qo‘lga kirita olgandi.
Fikrlar